Ikki kunlik seminar-trening taassurotlari

11 Iyun, 2026 6

Ikki kun davom etgan “Zamonaviy matbuot xizmati: strategik kommunikatsiyalar va raqamli kontent” o‘quv-treningi men uchun mazmunli, sermahsul va unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.

Trening davomida strategik kommunikatsiyalar, zamonaviy media, sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda ijtimoiy tarmoqlarda sifatli kontent yaratish bo‘yicha muhim bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldik. Sohaning yetuk mutaxassislari va tajribali ekspertlari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati kasbiy faoliyatimiz uchun yangi g‘oya va qarashlarni shakllantirdi.

Ayniqsa, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova bilan bo‘lib o‘tgan samimiy uchrashuv barchamizda katta taassurot qoldirdi. Ochiq muloqot davomida matbuot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish, axborot siyosatida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish hamda tizim matbuot kotiblarining kasbiy rivojlanishiga oid bildirilgan fikr va tavsiyalar biz uchun muhim motivatsiya bo‘ldi.

Mazkur o‘quv-treningni yuqori saviyada tashkil etgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rahbariyati, barcha tashkilotchilar, trenerlar va o‘z tajribalarini biz bilan baham ko‘rgan mutaxassislarga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Ishonchim komilki, ushbu ikki kun davomida olgan bilim va tajribalarimiz kelgusidagi kasbiy faoliyatimizda yanada samarali ishlashimiz, jamiyatga tezkor, xolis va sifatli axborot yetkazishimizga munosib hissa qo‘shadi.
Barcha tashkilotchilar va hamkasblarga chuqur tashakkur va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Shahlo Kuziyeva
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot kotibi

Powered by GSpeech