Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida 2026–2027-o‘quv yilida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini samarali tashkil etishga qaratilgan seminar-treninglarning viloyat bosqichi boshlandi.
Mazkur seminar-treninglar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyuldagi 231-son qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyruqlari asosida, A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti va xalqaro hamkorlar — British Council, NILE hamda Gyote instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
📌 Treninglarning ikkinchi bosqichida Samarqand viloyatida 12 ta asosiy fan yo‘nalishi bo‘yicha 487 nafar mentor-o‘qituvchini tayyorlash rejalashtirilgan.
Kaskadli o‘quv tizimi orqali mentor-o‘qituvchilar tomonidan viloyatdagi 13 ming nafardan ortiq yetakchi hamda umumta’lim muassasalarining barcha fan o‘qituvchilariga kasbiy va metodik ko‘mak ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
🔹 Seminar-treninglarda pedagogning kasbiy farovonligi va ijtimoiy-hissiy ta’lim;
🔹 Universal dizayn asosida ta’lim;
🔹 zamonaviy va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish;
🔹 PISA va TIMSS xalqaro baholash dasturlari;
🔹 fenomenlarga asoslangan ta’lim;
🔹 Action Research — sinf amaliyotini tadqiq etish;
🔹 yangilangan darslik va o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish;
🔹 “Kelajak soatlari” samaradorligini oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🎙 Seminar-treningni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
📖 Shuningdek, Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Roziq Fayziyev seminar ishtirokchilariga ma’ruza qildi.
Mazkur treninglar davomida mentor-o‘qituvchilarning metodik salohiyatini mustahkamlash, ilg‘or pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan samarali tajribalarni ommalashtirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: