Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari ishtirokida “Kasbiy motivatsiya, emotsional barqarorlik va bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
🟢Tadbirni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib, pedagoglarning kasbiy faoliyatida yuqori motivatsiya, psixologik barqarorlik va sog‘lom emotsional muhitning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.
Seminar-treningda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida pedagoglarning:
🔹 kasbiy motivatsiyasini oshirish;
🔹 emotsional holatini qo‘llab-quvvatlash;
🔹 kasbiy stress va emotsional zo‘riqishning oldini olish;
🔹 bolalar uchun xavfsiz va rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, psixologik so‘rovnomalarning profilaktik-diagnostik ahamiyati, tarbiyachi–psixolog–ota-ona hamkorligi, nizoli vaziyatlarni to‘g‘ri boshqarish hamda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha amaliy yondashuvlarga e’tibor qaratildi.
Seminar davomida interfaol metodlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilarning kasbiy faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik va emotsional holatlarni samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
📸 Seminar-treningdan foto lavhalar.
✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: