27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot kotibi Shahlo Qoʻziyeva munosib e’tirof etildi.
Bayram munosabati bilan markaz direktori Anvar Sobirov tomonidan Shahlo Qoʻziyevaga samarali mehnati, axborot siyosatini yoritish, markaz faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻib etishdagi fidokorona xizmatlari uchun tashakkurnoma tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Kasaba uyushmasi tomonidan bayram munosabati bilan esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi Shahlo Qoʻziyevani kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sogʻlik, ijodiy yutuqlar va yangi zafarlar tilaydi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: