Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida oktabr oyi malaka oşiriş kursi tinglovçilariga sertifikatlar topşiriş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda markaz direktori Anvar Sobirov kurs davomida zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion yondaşuvlar hamda ilğor pedagogik texnologiyalar böyiça bilim va könikmalarini mustahkamlagan tinglovçilarga tantanali ravişda sertifikatlarni topşirdi.
Şuningdek, öquv-maşğulotlari davomida yaratilgan loyiha işlari orasida “ENG YAXŞI LOYIHA IŞI TAQDIMOTI” nominatsiyasi ğoliblari hamda “KELAJAK ÖQITUVÇISI” tanlovida yuqori natijalarni qayd etgan faol öqituvçilar ham munosib taqdirlandilar.
✨ Ayniqsa, tadbirda musiqa guruhi tinglovçilarining sarhisob konsert dasturi barçaga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: