Jomboy tumanidagi 54-maktabda ushbu ta’lim muassasasining o‘qituvchisi Sohiba Egamqulova qalamiga mansub “Onamning xotiralari” nomli kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kitob Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Matbuot xizmati tomonidan nashrga tayyorlangan bo‘lib, unda onaga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat, unutilmas xotiralar va hayotiy saboqlar o‘z aksini topgan.
Tadbirda pedagoglar, o‘quvchilar, adabiyot ixlosmandlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Taqdimot davomida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot kotibi Shahlo Qo‘ziyeva so‘zga chiqib, kitobning mazmun-mohiyati, nashrga tayyorlanish jarayoni hamda uning ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, muallif Sohiba Egamqulova kitobning yaratilish tarixi, asarda yoritilgan xotiralar va ijodiy faoliyati haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. Samimiy va mazmunli ruhda o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
📖 “Onamning xotiralari” — ona siymosiga bo‘lgan yuksak ehtirom, mehr va hayotiy xotiralarni tarannum etuvchi asar sifatida e’tirof etildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: