“O‘qish savodxonligi” tanlovi: uchinchi kun jarayonlari

14 Mart, 2026 15

Samarqand viloyatida “O‘qish savodxonligi” tanlovi jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Tanlovning uchinchi kuni doirasida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov ishtirokchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tanlov maktablarning 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib, ularning:
🔹 matnni tushunish
🔹 tahlil qilish
🔹 o‘qiganlari asosida xulosa chiqarish
ko‘nikmalarini aniqlashga qaratilgan.

 Jarayonlar Samarqand shahridagi 34-, 16- va 41-maktablarda bo‘lib o‘tmoqda. Tanlovni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining tajribali fan metodistlari kuzatib borib, metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlamoqda.

 Tanlov g‘oliblari test.avloniy.uz platformasida o‘tkaziladigan sinov topshiriqlari natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar orasidan sun’iy intellekt yordamida avtomatik tarzda aniqlanadi.

✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech