O‘YIN ORQALI RIVOJLANISH: MAKTABGACHA TA’LIMDA SAMARALI METODLAR O‘RGANILMOQDA

16 Sentyabr, 2026 3

Samarqandda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘yinga asoslangan ta’limni samarali tashkil etish, bolalarning qiziqishi va faolligini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy yondashuvlarni ommalashtirishga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berib, maktabgacha ta’limda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanish, ta’lim jarayonini bolaning qiziqishi va ehtiyojlariga mos tashkil etish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, tadbirning ochilish marosimida Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sobir Mirzayev ishtirok etib, seminar-trening ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.



 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida, «Bola, o‘yin va pedagog» loyihasi doirasida tashkil etilgan seminarda 35 ta tayanch maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda o‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlab olingan 42 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari va direktor o‘rinbosarlari qatnashmoqda.

Trening davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti mas’ul xodimi Nodira Vosiqova tomonidan o‘yinga asoslangan ta’limning mazmun-mohiyati, uni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning samarali usullari hamda amaliy yondashuvlar haqida ma’lumotlar berilmoqda.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech