Pedagogik mahorat markazida she'riyat kechasi bo'lib o'tdi

29 Aprel, 2025 120

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatori, "Zarafshon" va “Самаркандский вестник” gazetalarining birlashgan tahririyati bosh muharriri, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi jurnalist va yozuvchi Farmon Toshev, shoira X.Bobomurodova, shoir Boboqand Mirzo, Navoiy viloyati Jurnalistlar uyushmasi raisi Otabek Aslanov va Samarqand viloyati Jurnalistlar uyushmasi raisi Akram Xaydarov, shoira Qurbonoy Yusupovalar bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda F.Toshevning ta'lim jarayonida ustoz ibrati, kitobni ulug'ligi haqida gapirdi. Shoira X.Bobomurodova o'zining ijod namunalaridan o'qib berdi.

Navoiy viloyatidan tashrif buyurgan shoir Boboqand Mirzoning "Ko'rgulik" she'rlari to'plami taqdimot qilindi.

Ijodkorlar "Ochiq kutubxona"ga o'z muallifligidagi kitoblaridan sovg'a qilishdi.

Powered by GSpeech