26-iyun – Xalqaro giyohvandlik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida ma'naviy-ma'rifiy hamda huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi yuriskonsulti Ibrohim Doniyorov hamda direktor oʻrinbosari Jasur Abdurahmonov ma'ruza bilan ishtirok etib, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirib berdilar.
Ma'ruzalarda giyohvandlikning inson salomatligi va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalalari yuzasidan muhim fikr va tavsiyalar bildirildi.
Tadbir yakunida markaz jamoasi tomonidan qonun hujjatlarini muntazam oʻrganish, ularga qatʼiy rioya etish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish har bir fuqaroning muhim burchi ekani alohida ta'kidlandi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: