O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilingan bo‘lib, ushbu tashabbus yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
🏢 Shu munosabat bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov Samarqand shahridagi 18-maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida:
✔️yoshlarning ta’lim jarayonidagi faolligi va tashabbuskorligi,
✔️zamonaviy kasblar va kasb tanlash mas’uliyati,
✔️xorijiy tillarni o‘rganish va axborot texnologiyalarini egallashning ahamiyati,
✔️kitobxonlik madaniyati va mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
📚Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kelgusidagi reja va maqsadlari haqida fikr almashdilar. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi.
✨ Mazkur muloqot yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishlariga mustahkam motivatsiya berishga xizmat qildi.
🔵Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: