2026-yil 27–28-aprel kunlari “Ishonch-2030” loyihasi doirasida YUNISEF, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Samarqand viloyati hududiy pedagogik mahorat markazi hamkorligida ikki kunlik seminar-trening tashkil etildi.
✔️Mazkur seminar maktab rahbarlari, o‘qituvchilar va metodistlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda:
🔹 Raqamli pedagogika asoslari
🔹 Interaktiv platformalar bilan ishlash
🔹 Sun’iy intellekt vositalari yordamida dars materiallari yaratish
🔹 Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni samarali qo‘llash
bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.
📚Tadbir Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov va viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi v.b boshligʻi Rustam Yoʻldoshevning kirish so‘zi bilan ochib berildi.
🎓 Mashg‘ulotlar YUNISEFning xalqaro eksperti Suzanna Burger tomonidan olib borilmoqda.
Seminar yakunida ishtirokchilar:
✅ Raqamli pedagogika bo‘yicha bilimlarini mustahkamlaydi
✅ Zamonaviy texnologiyalar asosida dars o‘tishning yangi usullarini o‘zlashtiradi
✅ Tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantiradi
✅ Maktablarda AKTdan foydalanishni samarali rejalashtirish bo‘yicha yondashuvlar ishlab chiqadi.
🔵Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: