Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov hamda Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Ahmedov Ijod Narziqul o‘g‘li o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi.
Mazkur memorandum ta’lim sohasida ilg‘or tajribalarni almashish, pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, metodik qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish hamda malaka oshirish jarayonlarini takomillashtirishni nazarda tutadi.
Hamkorlik doirasida qo‘shma seminar-treninglar, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, shuningdek, pedagoglarning innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ushbu memorandum ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda pedagogik mahoratni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: