Samarqand vakili Xitoydagi nufuzli xalqaro seminarda ishtirok etmoqda

27 May, 2026 5

Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i S. Sattorov ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida AIBO (Academy for International Business Officials) tomonidan tashkil etilgan nufuzli xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.
AIBO — Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi huzuridagi yetakchi xalqaro o‘quv va malaka oshirish muassasasi bo‘lib, 1980-yilda tashkil etilgan. Akademiya rivojlanayotgan davlatlar uchun malakali kadrlar tayyorlash hamda ularning salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur xalqaro seminarda Samarqand viloyati nomidan qatnashayotgan S. Sattorov:
🔹 maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashmoqda
🔹 Xitoyning ilg‘or boshqaruv va ta’lim texnologiyalarini o‘rganmoqda
🔹 xalqaro ekspertlar hamda turli davlat vakillari bilan muloqot olib bormoqda
🔹 amaliy seminarlar, treninglar va tashriflarda faol ishtirok etmoqda.

Ushbu ishtirok xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tizimiga zamonaviy tajribalarni joriy etish hamda soha mutaxassislarining malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🎤Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi mabuot xizmati.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech