Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov “Bag‘rikenglik” mavzusida "Kelajak soati" darsini o‘tdi

10 Noyabr, 2025 19

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov Samarqand shahridagi 13-umumta’lim maktabida “Kelajak soati” doirasida “Bag‘rikenglik” mavzusida dars tashkil etdi.

Darsning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va do‘stlik tuyg‘ularini mustahkamlash, turli madaniyat va qarashlarga nisbatan bag‘rikenglikni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar bag‘rikenglikning insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi ahamiyati, tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashdagi o‘rni haqida fikr almashdilar.

Anvar Sobirov o‘quvchilarga bag‘rikenglik har bir insonning muhim fazilati ekanini ta’kidlab, yoshlarni doimo hurmat, sabr-toqat va mehr-oqibat bilan yashashga chaqirdi.

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech