Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi — Yevrosiyo xalqaro ta’lim sammitida ishtirok etmoqda

8 Aprel, 2026 7

Turkiyaning Istanbul shahrida nufuzli Yevrosiyo Ta’lim Sammiti (EURIE 2026) bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu xalqaro tadbir ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish va mamlakatlararo hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi vakillari sifatida sammitda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi pedagogik mahorat markazi direktorlar ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida qatnashchilar:

✔️ Ta’lim tizimlarini modernizatsiya qilish va pedagogik innovatsiyalarni tatbiq etish tajribalarini almashadi;
✔️ Professional rivojlanish va malaka oshirish sohalarida yangi strategiyalarni muhokama qiladi;
✔️ Hamkorlik dasturlari va loyihalarni ishlab chiqish imkoniyatlarini o‘rganadi.

✅ Xalqaro maydonda orttirilayotgan tajriba va kengayib borayotgan hamkorlik aloqalari — ertangi taraqqiyot va sifatli ta’limning mustahkam poydevoridir.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech