Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

12 Yanvar, 2026 27

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi tashkil etildi. Unda markaz rahbariyati, kafedra mudirlari, yetakchi dotsentlar hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni markaz direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida u o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, markaz faoliyatini 2026-yilda yanada samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, direktor tomonidan jamoa oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab berildi. Xususan, malaka oshirish kurslari sifatini yanada yaxshilash, ilmiy-uslubiy ishlarni kuchaytirish, innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish hamda pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishini doimiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Anvar Sobirov har bir xodimdan mas’uliyat, tashabbuskorlik va jamoaviy hamjihatlik talab etilishini ta’kidladi.

Yig‘ilish davomida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglanib, tegishli taklif va mulohazalar bildirildi. Muhokamalar yakunida qator muhim qarorlar qabul qilinib, ijrosi bo‘yicha mas’ullar belgilandi.

Ilmiy kengash yig‘ilishi markaz faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi, pedagog kadrlar salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech