Samarqand shahrida davlat tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari va matbuot kotiblari uchun strategik kommunikatsiyalar yo‘nalishida seminar-trening tashkil etilmoqda.
Trening davomida zamonaviy kommunikatsiya strategiyalarini ishlab chiqish, jamoatchilik bilan samarali muloqot o‘rnatish, axborotni tezkor va ta’sirchan yetkazish, media bilan ishlash hamda raqamli kommunikatsiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Seminarda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot kotibi Shahlo Qo‘ziyeva ham faol ishtirok etmoqda.
Mazkur trening axborot xizmatlari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish va tashkilotlarning jamoatchilik bilan ochiq muloqotini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.