Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida "CPD Hub Samarkand Launch Event" tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi.
Mazkur loyiha pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or ta’lim tajribalarini ommalashtirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Tadbirni British Councilning O‘zbekistondagi English and School Education Projects Coordinator Mashkhura Tursunova ochib berib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ta’lim sifati va o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini muntazam rivojlantirishning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining ingliz tili fani metodisti U. Narkulov CPD Hub ochilishi viloyat pedagoglari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishini, ushbu platforma tajriba almashish, seminar-treninglar tashkil etish va hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Tadbirda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan ingliz tili fani mentor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Seminar-treninglar davomida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, samarali darsni rejalashtirish hamda uzluksiz kasbiy rivojlanishning zamonaviy metodlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
✨ CPD Hub — pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, innovatsion tajribalarni ommalashtirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy ta'lim platformasidir.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: