SAMARQANDDA FILOLOGIYA FANLARI BO'YICHA "KASBIY RIVOJLANISH KUNI" O‘TKAZILDI

7 Oktyabr, 2025 26

Samarqand tumanidagi 24-tayanch maktabida 2025-yil 7-oktabr kuni filologiya (ona tili) yo’nalishi bo’yicha "Kasbiy rivojlanish kuni" tadbirlari boshlandi.

Maktabga biriktirilgan 52 nafar o‘qituvchilaridan 52 nafari mashg'ulot jarayonlarida ishtirok etmoqda.

 “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbiri tashkil etilishidan maqsad pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlari bilan tanishtirish hamda o‘z ustida ishlashga bo‘lgan ichki motivatsiyasini kuchaytirishdan iborat.

Tadbirda ona tili fani o‘qituvchilari, maktab rahbarlari, metodistlar va yosh pedagoglar ishtirok etdi.

Kasbiy rivojlanish kuni nafaqat bilim almashish, balki o‘zaro fikr, tajriba va g‘oya almashinuvi uchun platformaga aylandi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech