Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida rahbariyat va malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan pedagoglar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda markaz direktori Anvar Sobirov pedagoglar bilan bevosita suhbatlashib, ta’lim tizimidagi dolzarb islohotlar, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda zamonaviy ta’lim metodlarini amaliyotga joriy etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Muloqot davomida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, innovatsion yondashuvlar va yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan muhim fikr va takliflar bildirildi.
Shuningdek, direktor o‘rinbosarlari va mas’ul xodimlar tomonidan ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi
.
Tadbir doirasida pedagoglar uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy masalalardan biri — "Odam savdosining oldini olish" va "Ta'lim - korrupsiyadan xoli soha!" mavzusida ham tushuntirish ishlari olib borildi.
Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va mulohazalarini erkin bayon etib, mutasaddilardan batafsil javob oldilar.
Yakunda bunday ochiq muloqotlar pedagoglarning kasbiy rivoji va tajriba almashishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: