Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Yor Muhammad Rustamov bilan professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarning ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
“Ustozga ehtirom” deb nomlangan mazkur tadbir 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etildi.
Tadbirda falsafa fanlari doktori, professor Komil Haydarov so‘zga chiqib, Yor Muhammad Rustamov ijodining o‘ziga xos jihatlari, she’rlaridagi falsafiylik, badiiylik va umuminsoniy g‘oyalar haqida fikr bildirdi.
Ijodiy uchrashuv davomida shoirning adabiyot, jurnalistika, kitobxonlik va ma’rifatga oid qarashlari, uning ijodiy faoliyati hamda nashr etilgan kitoblari haqida so‘z yuritildi.
Yor Muhammad Rustamov ustozlarni yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami bilan tabriklab, kitobni tanlab, saralab o‘qish, yosh avlodning ma’naviy dunyosini yuksaltirishda sifatli adabiyotning o‘rnini kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.
Tadbir yakunida Yor Muhammad Rustamov faol ishtirok etganlarga o‘z kitoblaridan sovg‘a qildi. Vali Niyozov ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar esa uchrashuvga ko‘tarinki va bayramona ruh bag‘ishladi.
✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: