Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar!
🇺🇿 Ona Vatan tushunchasi muqaddas, shu muqaddas zaminda yashash, uning farovonligi uchun xizmat qilish - har bir farzandning sharafli burchi, ma'suliyatidir!
Sizlarni Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
So‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sohadagi har bir jabhada katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yuz minglab ustozlarimiz bu islohotlar samarasini o‘z faoliyati misolida ko‘rmoqda, his etmoqda.
Mustaqil O‘zbekistonimiz ravnaqi uchun hormay-tolmay xizmat qilishda Allohdan Sizga kuch-quvvat, mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, baxt va saodat tilayman.
Anvar SOBIROV,
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori.