Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida Moskva pedagogika davlat universiteti (MPDU) Lingvodidaktika va bilingvizm kafedrasi dotsenti Svetlana Yevgenyevna Bogdanovich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mehmonni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kutib oldi.
Muloqot davomida rus tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.