XALQARO HAMKORLIK: TA’LIM SOHASIDA YANGI IMKONIYATLAR MUHOKAMA QILINDI

11 Sentyabr, 2026 20

2026-yil 11–15-sentabr kunlari Samarqand shahrida Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli Shanxay Pedagogika Universiteti (Shanghai Normal University — SHNU) hamda YUNESKO huzuridagi O‘qituvchilar malakasini oshirish xalqaro markazi (UNESCO Teacher Education Center — UNESCO TEC) vakillaridan iborat xalqaro delegatsiyaning rasmiy va amaliy tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.
Tashrif doirasida xalqaro delegatsiya Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida bo‘ldi.
Tadbirni markaz direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Unda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Markazning pedagoglar malakasini oshirish, metodik xizmat ko‘rsatish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish borasidagi faoliyati haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish, o‘qituvchilar kasbiy rivojini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech