Prezidentimizning 2025-yil 15-may kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida e'lon qilingan "Dolzarb 90 kunlik" doirasida Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi metodistlari T.Zaynizoda, Z.Pulatova, D.Saparovalar tomonidan Samarqand tumanidagi umumta'lim maktablari O'IBDO' va MMBDOʻ uchun seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda "KRK" va "KRS" tadbirlari tahlili va uning natijalari haqida fikr yuritildi hamda "Kasbiy muvaffaqiyat formulasi" mavzularida maktablarda yozgi ta'tilda to'garak mashg'ulotlarini tashkil etishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlardan foydalanish bo'yicha tavsiyalar berildi. Seminar jarayonida ishtirokchilar o'z taklif va mulohazalarini bildirishdi.