Eshniyazov Said Musayevich 1982 yilda 12 iyulda Samarqand viloyati Ishtixon tumani Xalqobod MFY Shaldiroq qishlog‘ida tavallud topgan. Millati o‘zbek, 1989 yilda 5-o‘rta umumiy ta’lim maktabiga qabul qilinib 1999 yilda maktabni tamomlab, Samarqand Shahar Sanoat kasb hunar kollejiga o‘qishga kirgan va 2002 yilda tamomlagan. Shu yilni o‘zida Ishtixon Statistika bo‘limiga operator lavozimiga ishga qabul qilindi. 2004 yilda Ishtixon tumani Hokimligida Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish inspeksiyasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2007 yilda Samarqand davlat arxitektura qurilish institutiga menejment yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilindi va 2011 yilda bitirib 2012 yil Ishtixon tumani 10-sonli MTT hisobchi, 2012-2013 yillar Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bosh hisobchi, 2013-2018 yillar Moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati bosh mutaxasis guruh boshlig‘i, 2018-2021 yillar G‘aznachilik xizmati guruh boshlig‘i, 2021-2022 yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi bosh auditor, 2022-2023 yillar G‘aznachilik xizmati Oqdaryo tumani bo‘linmasi rahbar o‘rinbosari, 2023-2025 yilllar G‘aznachilik xizmati Oqdaryo tumani bo‘limi boshlig‘i, 2025 yil Oqdaryo tumani 1 son politexnikumi bosh hisobchi o‘rinbosari, 2025 yilda hozirgi vaqtgacha Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi bosh mutaxasis lavozimida ishlab kelmoqda.