Jabbarova Munira Saparboy qizi 1992-yil 21- dekabrda Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 2009-yili tumandagi 8-maktabni tugatib, Ishtixon tibbiyot kollejining “Hamshiralik ishi” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan. Mazkur kollejni 2012-yilda a’lo baholarga tugatib, Samarqand davlat universitetining Pedagogika fakulteti, “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Universitetni 2016-yilda tamomlab, mazkur yilda Samarqand shahar 96-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi lavozimida ilk mehnat faoliyatini boshlagan. 2017-2020-yillar mobaynida Samarqand pedagogika kolleji, “Maxsus fanlar” kafedrasida maxsus fanlar o‘qituvchisi, o‘quv ishlari uslubchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 2021-yilda Samarqand shahar 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida uslubchi, 2022-yilda Samarqand davlat universiteti, “Maktabgacha ta’lim” kafedrasida kabinet mudiri lavozimlarida ham faoliyat yuritgan. 2023-yilda Bulung‘ur pedagogika kollejida maxsus fanlar o‘qituvchisi, psixolog lavozimlarida ishlagan 2023-2025-yillarda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)” yo‘nalishida magistratura bosqichida ta’lim olgan va magistr darajasiga sazovor bo‘lgan.
Turk tilidan B2 (multilevel) darajasiga ega. Xalqaro ta’lim doirasidagi elektron o‘quv platformalarida o‘z kasbiy kompetentligini oshirishda 5 dan ortiq kurslarda o‘qib, sertifatlarga ega bo‘lgan.
10 yillik tajribaga ega bo‘lgan mahoratli pedagog sifatida viloyatda faoliyat olib borayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarini yangi metodikalarga o‘rgatish jarayonida samarali mehnat qilib kelmoqda. Maktabgacha ta’limning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida hozirgi kunga qadar jami 1 ta uslubiy qo‘lanma va 10 ta maqola, jumladan ulardan 2 tasi OAK e’tirof etgan ilmiy jurnalda, 1 ta xalqaro jurnalda, 3 ta xalqaro miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada, 3 tasi respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida, 1 tasi tuman gazetasida chop qilingan.