Sattorov Sardor Saidovich 1992-yil 13-mayda Samarqand viloyati, Urgut tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 2008-yil tumandagi 131-umumiy o‘rta ta’lim maktabini tugatib, Samaqand Yuridik kollejini, “Xo‘jalik huquq faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan. Mazkur kollejni 2011-yilda a’lo baholarga tugatib, Samarqand Davlat chet tillar institutining ingliz tili fakulteti, xorijiy til adabiyoti, ingliz tili yo‘nalishiga to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. Institutni 2020-yilda tamomlab, mazkur yilda Samarqand Davlat chet tillar institutiga magistratura bosqichi, Sinxron tarjima ingliz tili yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.