Shakarov Axror Amonqulovich 2007–2011-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari institutida tahsil olgan. Oliy ta’limni tamomlagach, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ta’lim sohasida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda.
2011–2014-yillarda Navoiy viloyati pochta aloqa tarmog‘ida rahbar lavozimida ishlagan. Ushbu davrda aloqa tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish hamda xizmatlar samaradorligini oshirish yo‘nalishida faoliyat olib borgan.
2014–2015-yillarda Samarqand pedagogika kollejida Axborot-resurs markazi rahbari lavozimida faoliyat yuritib, ta’lim jarayonida axborot resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish bilan shug‘ullangan.
2015–2019-yillarda Samarqand pedagogika kollejida informatika fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borib, o‘quvchilarga zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘qitish hamda ularning raqamli savodxonligini rivojlantirishga hissa qo‘shgan.
2019–2021-yillarda Samarqand viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining Masofadan o‘qitish bo‘limi koordinatori sifatida faoliyat yuritgan. Bu davrda masofaviy ta’lim tizimini rivojlantirish, onlayn o‘quv platformalarini joriy etish va pedagoglar uchun masofaviy kurslarni tashkil etishda ishtirok etgan.
2021–2024-yillarda mazkur markazda AKT va texnik ta’minot bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab, ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, texnik infratuzilmani takomillashtirish hamda pedagoglarning raqamli kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan ishlarda faol qatnashgan.
2024–2026-yillarda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi sifatida faoliyat olib borgan.
2026-yildan hozirgi kunga qadar Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish, pedagoglarning AKT kompetensiyalarini rivojlantirish hamda elektron ta’lim muhitini takomillashtirish yo‘nalishida faoliyat yuritmoqda.
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassis lavozim yo‘riqnomasi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ- huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi buyruqlarida belgilangan vazifalar bajarilishini tashkil etish;
bo‘lim bosh mutaxassisi tegishliligi bo‘yicha pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari rahbarligida faoliyat olib borish.
hududiy markaz veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va guruhlarini talab darajasida yuritilishini ta’minlash;
raqamli resurslar, dasturiy ta’minot va texnikaviy vositalarni taqdim etish va ularning samarali ishlashini ta’minlash.
lokal va global tarmog‘ining avariyadan keyingi ishchi holatini tiklash sxemasini ishlab chiqish; nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, ularning vujudga kelishini oldini olish maqsadida serverlar hamda tarmoq tizimlarini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazib borish;
nosoz uskunalarni tamirlash, texnik va ma’naviy jihatdan eskirgan server, kompyuter texnikalarini o‘rnatilgan tartibda markaz hisobidan chiqarish va yangilarini xarid qilish bo‘yicha takliflarni kiritish;
yangi dasturiy taminot mahsulotlarini sinovdan otkazadi, tegishli xulosalar tayyorlaydi va amaliyotga joriy etish;
raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish uchun treninglar va seminarlar tashkil etish; raqamli texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligini monitoring qilish orqali tahlil qilish; monitoring natijalarini hisobotlarda ko‘rsatish va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
ta’lim dasturlarini raqamli texnologiyalar bilan boyitish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
pedagog xodimlarga raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish; zarur raqamli resurslar va materiallarni tayyorlash va taqdim etish;
raqamli texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini monitoring qilish va tahlil qilish;
monitoring natijalari asosida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
raqamli texnologiyalar bo‘yicha seminarlar, treninglar tashkil etish.