Shanazarova Nigora Abirkulovna

Metodk xizmat ko‘rsatish bo‘limi o‘zbek tili fani metodisti

Ish faoliyati

1981-yil 17-oktabrda Samarqand viloyati Jomboy tumanida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1998-yil Jomboy tumanidagi 46-maktabni tamomlagan. 1981-2002- yillar-Samarqand Davlat Universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.

Ish faoliyatini  Jomboy tumani maishiy xizmat kasb-hunar kollejida boshlab, 2002-2008 yillarda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Kamolot YIH boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, Tillar kafedrasi mudiri vazifalarida ishlagan. Bu davrda viloyat miqyosida kollej o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvda “Eng yosh ijodkor o‘qituvchi” nominatsiyasi g‘olibi, o‘quvchilari 2 marta Respublika miqyosida o‘tkazilgan insholar tanlovida g‘olib bo‘lgan. 

                                                                                                                                                                                              2008-2010 yillar oralig‘ida Samarqand pedagogika kollejida ona tili va adabiyot, ona tili o‘qitish metodikasi fanlari o‘qituvchisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.                                      2015-2019 yillarda Samarqand shahar 58-maktab psixologi, o‘zbek tili, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi;  2019-2023 yillar Samarqand shahar 33-maktab o‘zbek tili fani o‘qituvchisi vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.  Shanazarova Nigora Abirkulovna  o‘z faoliyati davrida oily toifani qo‘lga kiritgan.                                                                                                                                                              

2023-yildan  Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi, Metodk xizmat ko‘rsatish bo‘limi o‘zbek tili fani metodisti bo‘lib faoliyat yuritmoqda. Shanazarova Nigoraning   ko‘plab gazeta va jurnallarda ilmiy va badiiy maqolalari nashr qilingan. Jumladan,  “Paxtachi” gazetasining  2023-yil 12-sonida “Onam tug`ilgan yurt” nomli maqolasi, “Jismoniy tarbiya va sport” jurnalining 2024-yil 8-sonida “ O‘z tiliga sadoqat- vataniy ishdir!”, 2023-yil Samarqand viloyatining pedagoglari ijodidan tuzilgan ”Orzular sohili” nomli she‘riy to‘plamda she‘rlari nashr qilindan.Shuningdek, bir qator ilmiy  to‘plamlarda o‘zbek tilining o‘qitilishiga oid maqolalari nashr etilgan.

Shanazarova Nigora Abirkulovna 23 yillik faoliyati davomida ko‘plab shogirdlarni tarbiyalab, ta‘lim berib kelgan. Bugungi kunda metodist sifatida o‘zbek tili fani o‘qituvchilariga metodik yordam berib kelmoqda. Ilg‘or ish tajribalarini ommlashtirish bo‘yicha  targ ‘ibot ishlarida faol qatnashdi va Respublika miqyosida 3 nafar  o‘zbek tili fani o‘qituvchilarining ishlari ommalashdi.

Shanazarova Nigora Abirkulovna metodistlik faoliyati davomida mahalliy OAV da 8 marta chiqish qilgan, SVPMMning YouTube sahifasida “Zamonamiz qahramoni” nomli videolavhasini joylangan.Shuningdek,  ijtimoiy tarmoqlarda o‘z faoliyatini va  Metodk xizmat ko‘rsatish bo‘limi faoliyatini muntazam yoritib bormoqda.

Powered by GSpeech