1996-yil 14-yanvar kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan.
2014–2018-yillarda Samarqand davlat universitetida Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini tamomlagan.
2019–2020-yillarda ushbu yo‘nalish bo‘yicha magistratura bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan.
2023-yilda Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritgan.
2025-yil 3-oktyabrdan boshlab hozirga qadar Samarqand davlat universitetining “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirga qadar 50 ga yaqin ilmiy maqola, tezis va ilmiy ishlari chop etilgan.