Kafedra 1945-1993 yillarda fizika, matematika, informatika, geografiya, kimyo-biologiya fanlarini o‘z ichiga olgan alohida bo‘lim sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 1993 yil 24 dekabrdagi hay’at qaroriga asosan malaka oshirish instituti viloyat pedagogik xodimlar malakasini oshirish institutiga aylantirildi. Shu munosabat bilan uslubiy xonalar o‘rniga kafedralar tashkil etila boshlandi. 1994 yildan boshlab matematika, geografiya, kimyo, biologiya, fizika  fanlari “Tabiiy fanlar” kafedrasi tarkibida, informatika esa alohida “Informatika” kafedrasi tarkibida faoliyat olib borgan. Shu davrdan bugungi kungacha quyidagi professor-o‘qituvchilar kafedra mudiri lavozimida  ishlab kelgan: 1994-1995 yillarda B.Klimov (geograf), 1995-1997 yillarda A.Davidov (informatik), 1997-1999 yillarda dots. T.Mirzoqobilov (biolog), 1999-2001 yillarda prof. S.Muxammadiyev (biolog), 2001-2010 yillarda dots. N.S.Sirojev (fizik), 2010-2012 yillarda dots. T.S.Maqsudov (matematik), 2012-2015 yillarda dots. Q.T.Xoliqov (fizik), 2015-2017 yillarda Sh.S.Hayitmurodov (matematik), 2017-2018 yillarda va 2022-2023 yillarda A.K.Samyayev (geograf), 2018-2021 yillarda dots. B.I.Usmanov (informatik), 2024-2025 yillarda Sh.Xujakulov (informatik). 2025 yil may oyidan boshlab A.K.Samyayev kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedrada ko‘p yillar mobaynida o‘z mehnatlari bilan hurmat qozongan professor-o‘qituvchilar:

  • Xakimov Muhiddin Saidovich - 1987-1992 yillarda matematika fani

metodisti, 1992-1995 yillarda matematika kabineti mudiri, 1995-2012 yillarda o’quv bo’limi boshlig’i lavozimida ishlagan. Institutdagi o’z faoliyati davomida M.Xakimov 11 yil respublika olimpiadalarida komissiya a’zosi bo’lgan.

  • Turaqulova Maqsuda Ibatovna - 1983-1990 yillarda geografiya kabineti

mudiri,  1994-2012 yillari katta o‘qituvchi lavozimida institutda geografiya fanidan dars bergan. Shu yillar ichida 50 ta uslubiy tavsiya, 60 dan ziyod ilmiy maqolalar chop ettirgan.

  • Nabisheva Mexriniso Xolmurodovna - 1984-1990 yillarda geografiya fani

metodisti, 1990-1994 yillarda Geografiya kabineti mudiri, 1994-2011 yillarda, “Tabiiy fanlar” kafedrasi shakllangandan so‘ng, geografiya fanidan katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. Ish jarayonida 1993-2005 yillar Respublika ta’lim markazida ilmiy-uslubiy kengash a’zosi, ko‘p yillar mobaynida Respublika olimpiadalarida jyuri a’zosi bo‘lgan. Mehnat faoliyati davomida 39 ta uslubiy ko‘rsatma, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar yozgan.

  • Sharipova Nuriya Sultanovna - 1974 yilda institutga fizika fani metodisti

lavozimiga ishga kirib, 2011 yilga qadar fizika kabineti mudiri, katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. Yetakchi mutaxassis sifatida fizika fanidan Respublika va Xalqaro olimpiadalarga o‘quvchilarni tayyorlash guruhini boshqargan. Xalqaro va respublika konferensiyalarida fizika fanini o‘qitishda pedagogik va axborot texnologiyalarning o‘rniga bag‘ishlangan ilmiy maqolalari bilan qatnashgan. Shu mavzularda umumta’lim maktab o‘qituvchilari uchun 10 dan ziyod uslubiy ko‘rsatmalar chop etgan.

Kafedrada ko‘p yillar mehnat qilgan Xalq ta’limi a’lochisi Batirova Fotima Ashurovna 2000 yilda biologiya o‘qituvchisi lavozimida ish boshlagan. 2009-2010 yillarda F.Botirova “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi uchun o‘quv-metodik majmualar ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti” mavzusida ID-1.2. shifrli davlat innovasion amaliy tadqiqot dasturida qatnashib, biologiya fanidan o‘quv-metodik majmua va ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqdi. Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quv-metodik majmua va ishchi o‘quv dasturi Farg‘ona VPKQTMOIda respublika tajriba-sinovidan o‘tkazilib, mamlakat malaka oshirish tizimiga joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 234-sonli qarori hamda Xalq ta’limi vazirligining 2014 yil 27 dekabrdagi 355-sonli “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari (markazlari)ning namunaviy ustavlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektorining 2014 yil 31 dekabrda chiqargan 165-sonli buyrug‘i asosida “Tabiiy fanlar” va “Informatika” kafedralari birlashtirilib, “Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafedrasiga aylantirildi. 2018 yildan boshlab “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasiga o‘zgartirildi.

Jamoa ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish va zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalarni joriy etish maqsadida har yili respublika,viloyat va tuman miqyosida ilmiy-amaliy seminar-treninglar va mahorat darslari o‘tkazishda tashkilotchilik qilib kelmoqda.

Oxirgi uch yilda kafedra o‘qituvchilari tomonidan 22 ta uslubiy qo‘llanma, 68 ta uslubiy ko‘rsatma, 18 ta ilmiy-metodik maqola OAK e’tirof etgan jurnallarda, 35 ta maqola ilmiy jurnallarda, 36 ta maqola ilmiy anjumanlar to‘plamlarida, 96 ta tezis respublika anjuman to‘plamlarida, 10 ta tezis xorijiy ilmiy anjuman to‘plamlarida chop etildi.

Kafedra jamoasi respublika miqiyosida o‘tkazilayotgan umumiy o‘rta ta’lim uchun davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlarini tajriba-sinovdan o‘tkazishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Kafedra xodimlari doimiy ravishda o‘z bilimini, tajriba va malakasini, ilmiy-nazariy saviyasini oshirib borish uchun izlanadilar. Har qanday ijobiy yangilik, ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq ilg‘or texnologiyalar tarafdori va targ‘ibotchilaridir.

Xaydarov Xurshid Ismatovich

kafedrasi assistenti

+998 93 722 68 73 xurshidxaydarov87@gmail.com Batafsil
leadership
Powered by GSpeech