Xurramov Anvar Vafokulovich 1984-yil 24-avgustda Samarqand viloyati, Samarqand tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi sotsiologiya hamda pedagogika tarixi va nazariyasi (faoliyat turlari bo‘yicha). 2003-2007 yillarda Samarqand davlat universiteti Sotsiologiya yo‘nalishi bakalavr bosqichini, 2020-2022-yillarda mazkur universitetning Pedagogika tarixi va nazariyasi (faoliyat sohalari bo‘yicha) yo‘nalishi magistratura bosqichini tugatgan.
Xalq ta’limi tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun 2015-yilda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.
Xurramov Anvar Vafokulovich 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 25 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitusiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
A.Xurramov bugungi kunda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 13.00.07-Ta’limda menejment (Pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchilik ishlarini olib bormoqda. Pedagogik fanlari doktori (DSc), dotsent Ibragimov A’lamjon Amrilloyevich rahbarligida pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Maktab rahbarlarida kasbiy mas’uliyatni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish (Uzluksiz kasbiy rivojlanitirish kursining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari yoʻnalishi misolida)” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Ilmiy faoliyatining asosiy yo‘nalishi – maktab ta’imini boshqaruvi masalalariga doir OAK jrnallarida 6 ta ilmiy maqola, 2 ta metodik qo‘llanma, respublika va xorij jurnallarida 8 ta ilmiy maqola nashr ettirgan, 3 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida ishtirok etib, maʼruza qilgan. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida 10 ga yaqin tinglovchilarning bitiruv-malakaviy ishlariga ilmiy rahbarlik qilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida 15 yilda ortiq davr mobaynida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Keyingi 5 yilning o‘zida Respublika televideniyesining “O‘zbekiston-24” kanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturida 2 marta, “Samarqand” kanalining “Sharh va tahlil” informatsion dasturida 1 marta va viloyat OAVda 4 marta chiqishlar qilgan.