HAYDAROV Komil Donabayevich
falsafa fanlari doktori (DSc), professor v.b.
Komil Donabayevich Haydarov 1958 yil 7 iyulda Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Jo‘raboy qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. 1975 yilda 7-umumtaʼlim maktabini tamomlagan. 1975-1980 yillarda Toshkent davlat universitetining falsafa va iqtisod fakultetida tahsil olgan. 1982-1985 yillarda mazkur universitetning etika va estetika kafedrasida maqsadli aspiranturani o‘tagan.
1987 yilda akademik M.M.Xayrullayev ilmiy rahbarligida “Milliy madaniyatlarning o‘zaro bir-birini boyitishi va turmush tarzining takomillashuvi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 1995 yilda O‘zbekiston Respublikasi VM huzuridagi OAK tomonidan dotsentlik ilmiy unvoni berilgan. 2022 yilda “Yangilanayotgan O‘zbekistonda maʼnaviy qadriyatlarning tiklanishi va uning uzluksiz taʼlim tizimidagi ahamiyati” mavzusida fan doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.
Ilmiy faoliyatining asosiy yo‘nalishi – ijtimoiy falsafa, maʼnaviyat va tarbiya masalalariga doir 2 ta monografiya, bitta darslik (hammualliflikda), 2 ta o‘quv qo‘llanmasi, 4 ta metodik qo‘llanma, 4 ta risola, respublika va xorij jurnallarida 14 ta ilmiy maqola, respublika matbuotida o‘nlab ommabop va publitsistik maqolalar, jami 300 dan ortiq ilmiy, uslubiy va ommabop ishlar nashr ettirgan, 10 ta xalqaro, 18 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida ishtirok etib, maʼruza qilgan. Oliy taʼlim, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimlarida 100 dan ortiq talaba va tinglovchilarning bitiruv ishlariga ilmiy rahbarlik qilgan.
Iqtidorli olim va faol jamoatchi sifatida salkam 40 yildan buyon viloyat tashkilotlari, taʼlim muassasalari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida muntazam ravishda targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etib keladi. Keyingi 5 yilning o‘zida Respublika televideniyesining “Axborot”, “O‘zbekiston-24”, “Tahlilnoma” ko‘rsatuvlari va viloyat OAVda 128 marta chiqishlar qilgan. 2008 yilda “Eng faol maʼnaviyat targ‘ibotchisi” respublika tanlovining g‘olibi bo‘lgan. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi”, 2024-yilda “1-darajali Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
Asosiy asarlari:
- Sharq falsafasida maʼnaviy tarbiya ustuvorligi. Monografiya. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2020. -236 bet.
- Sharq falsafasi sarchashmalari. Monografiya. –Samarqand: SamDU nashriyoti, 2007. –143 bet.
- Nurli manzillar sari. Risola. –Toshkent: “Navro‘z” nashriyoti, 2015. -88 bet.
- Milliy g‘oya va O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. O‘quv qo‘llanma (hammualliflikda). –Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashri, 2019. – 236 bet.
- 5. Milliy g‘oya va maʼnaviy tarbiya. Ilmiy-uslubiy to‘plam. -Samarqand, 2011. -155 bet.
- 6. Haydarov K., Rasulova D. Birinchi Renessans davri Sharq merosini o‘rganish masalalari. Uslubiy qo‘llanma. –Toshkent: “Qamar media” nashriyoti, 2021. –87 bet.
- Master-student relations, importance of reading culture and creative environment in the development of education // International Journal on integrated Education. -Indonesia 2020, May. Vol. 3 Issue 5 (2020). - Page№ 4-7. (№ 23; SJIF: 5,3).
- Development of pedagogical skills is an important factor in the formation of the cognitive characteristics of the teacher // Proceedings of International Scientific-Practical Conference on “Cognitive Research in Edvcation” / Novateur Publication’s Journal NX. -India, 2021 April. – Page№ 186-188.
- The Impakt of the Naqshbandi Philosophy on the Development of Spiritual Values // International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences. -Uzbekistan, 2021. ISSN-E: 2181-2047. - Page№ 9-14. (№ 23; SJIF: 5,7).
- O‘tkir aql, teran fikr ehtiyoji // G‘oyaviy himoya. Maqolalar to‘plami. -Toshkent, 2008. B.70-78.
- Milliy qadriyatlarni taʼlim mazmuniga singdirish masalalari. - Samarqand, 2022 yil. - 65 bet.
- Tarbiya fanini o‘qitish: o‘ziga xoslik va zamonaviy yondashuvlar. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Qamar-media”, 2023. – 188 bet.
Falsafa fanlari doktori, professor v.b. K.Haydarov
- Haydarov K.D. The Principles of Spiritual Education In The Philosophical Heritage Of The Central Asian Peoples // International Journal of Psychosocial Rehabilitation. United Kingdom 2020, Vol.24, Issue 09. –Page № 3767-3775. (№-3; Scopus).
- Haydarov K.D. Uzing The Spiritual Values Factor in Personal Education // Hunan Daxue Xuebao/Journal of Hunan University Natural Sciences. China, 2021 ISSN: 1674-2974, Vol. 48. No. 12. December. –Page №1722-1729. (№-3; Scopus).
- Universal values and Moral Lssues in Astern Philosophy // Vequeta. Anuario de la Facultad de Geografia e Historia 22 (12), 2022 elSSN: 2341-1112 DOI: 10.5281/zenodo.7485388 (№-3; Scopus). Page № 380-388.
- The Glorification of Spiritual Values in Eastern Philosophical Heritage // Central European Management Journal Vol. 30 lss. 3 (2022) (№-3; Scopus). ISSN: 2336-2693 Page № 2845-2852.