Kuvandiqova Moxira Abdukarimovna 1989-yil 2-dekabrda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Oxunboboyev qishlog`ida ishchi oilasida tug‘ilgan. 2005 yilda tumandagi 20-umumtaʼlim maktabini tamomlagan va 2005-2008 yillarda Payariq kasb-hunar kollejining Kompyuter operatorligi yo`nalishini tamomlagan. 2010-2015 yillarda Samarqand davlat universitetining Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta`lim yo`nalishida tahsil olgan. 2015-2021 yillarda Samarqand shahar 53-maktabgacha ta`lim tashkilotida Metodist lavozimida faoliyat olib borgan. 2020-2022 yillarda Samarqand davlat universitetining Maktabgacha ta`lim fakultetida magistratura bosqichida tehsil oldi. 2022-2025 yillarda O`zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim yo`nalishida pedagogik faoliyatini olib borgan.
Ushbu markazdagi o`z faoliyatini 2025 yil 1- martdan boshlagan. Mahoratli pedagog sifatida viloyatda faoliyat olib borayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarini yangi metodikalarga o‘rgatish jarayonida samarali mehnat qilib kelmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida hozirgi kunga qadar bir qancha ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar chop ettirgan. Jumladan, respublikamizdagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi ro‘yxatiga kiritilgan va xorijiy (impakt faktorli) nufuzli ilmiy jurnallarda 2 ta ilmiy maqolalar, xalqaro va respublika konferensiyalari to‘plamlarida 7 ta tezis chop ettirgan.
Hozirgi kunda ilmiy mavzusini tasdiqlatish va shu bo`yicha ishlarini davom ettirish maqsadida faoliyat olib bormoqda.