OKILOVA KAMOLA SADULLOYEVNA

falsafa doktori (phd). dotsent

+998 93 341 31 85

Ish faoliyati

K.Okilova 1983 yilda Samarqand viloyati Toyloq tumanida tug’ilgan. 2000 yilda Toyloq tumanidagi 5-maktabini tamomlagan. 2002-2006 yillarda Samarqand davlat  universitetining Pedagogika fakultetida Psixologiya yunalishida tahsil olgan. 2006-2008 yillarda magistraturani Psixologiya yunalishida tamomlagan.

2008-yildan buyon Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasida dars o’tib kelmoqda.

K.Okilova ko’p yillik tajribaga ega ilg’or pedagog. Okilova Kamola Sadulloyevna xalq ta’limi tizimimida pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish, ularni qayta tayyorlash va kasbiy rivojlanish jarayonlarida bevosita ishtirok etib, yaxshi natija va tajribaga ega bo‘lgan. Pedagoglarning kasbiy riojlanishi borasidagi izlanishlari natijasida, 2023 yilda “O‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishga motivatsion tayyorlik kompetentligini rivojlantirish” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasini himoya qilgan.

Bugungi kunga qadar iqtidorli olima va malakali pedagog sifatida o‘quv hamda uslubiy qo‘llanmalar, shuningdek 50 dan ortiq ilmiy, uslubiy va ommabop nashrlar muallifidir. Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan.

K.Okilova tomonidan tayyorlangan “Mutaxassislik fanlari nazariy-amaliy asoslari” modullari  bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar to‘plamlari ayni kunda viloyat pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonida amalda foydalanilmoqda.

K.Okilova ayni paytda Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi Pedagogika,psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasida faoliyat olib bormoqda, ilmiy-pedagogik yo‘nalish hamda ijtimoy hayotda jonkuyarlik namunalarini ko‘rsatib ishlab kelmoqda. O‘ziga berilgan har qanday vazifani vijdonan va sharaf bilan uddalaydi.

Yuqori malakali pedagog, fidoyi va jonkuyar inson sifatida hamkasblari   o’rtasida hurmat qozongan.

 

 

 

Powered by GSpeech