RABBONAYEVA DILDORA TOLIPOVNA

“Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi katta oʻqituvchisi

+998 93 339 70 83

Ish faoliyati

D.Rabbonayeva 1970-yil 31-yanvarda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Oqdaryo tumani 6-maktabni a’lo baholarga tamomlab, 1987-1992-yillarda Samarqand davlat pedagogika oliygohida tahsil olgan. Ish staji – 34 yil.

Faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi, 1 ta darslik, 1 ta oʻquv qoʻllanma, 4 ta uslubiy qoʻllanma, 30 ta uslubiy ko’rsatma, OAK e’tirof etgan jurnallarda 12 ta,  Xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarida 30 ta, respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda 30 ta  ilmiy maqola va  tezislar nashr ettirgan.

PIRLS xalqaro tadqiqoti dasturi doirasida ilmiy-uslubiy faoliyat yuritib kelmoqda. “PIRLS tadqiqoti uchun topshiriqlar tayyorlash texnologiyasi”, “O‘quvchilarni xalqaro tadqiqiotlarga tayyorlash”,  “KEMBRIDJ tajribasi asosida trenerlar tayyorlash va maktab o’qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish”, nomli kurslarda 1000dan ortiq trener-oʻqituvchilarni tayyorlagan.

PISA, PIRLS, TIMSS xalqaro  tadqiqotlari mavzularida 100dan ortiq seminar va mahorat darslari tashkil qilgan.

Boshlangʻich ta’lim oʻqituvchilarining 100 soatlik  malaka oshirish kurslari, KRK va KRS tadbirlari dasturlari muallifi.

Markaz “Mahorat akademiyasi” ning faol a’zosi sifatida faoliyat yuritib, turli mavzularda kontentlar tayyorlab kelmoqda. “Binar darslar seriyasi”,  “Yangi kun – yangi metod”, “Nazariya va amaliyot uygʻunligi” kabi loyihalar muallifi.

AQSH mutaxassisi J.Smetana „Ta’limni tashkil etish usullari”, AQSH STEAM mutaxassisi Allen Miller tomonidan tashkil etilgan „Ta’limda STEAM yondashuvlar” mavzusidagi o‘quv kurslarida  ishtirok etib sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. PIRLS xalqaro tadqiqoti dasturi mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya va xalqaro xorijiy jurnallarda o‘zining loyiha va maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

“Ustoz Rabbonayeva” nomli youtube kanali, „PIRLS:Ustoz Rabbonayeva”, „Rabbonayeva trenerlari” telegram guruhlari tashkil etgan.

2010-2020 yillarda markaz xotin-qizlar jamoasiga sardorlik qilgan.

D.Rabbonayeva ta’lim sohasidagi mehnatlari uchun 2015-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi”, 2020-yilda  “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi fodoyisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Powered by GSpeech