1975-yil 21-sentabr kuni Samarqand viloyati, Oqtosh shahrida tug‘ilgan. 1996-yili Samarqand davlat universitetini «Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti» mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi a’lochisi.
2019-yil 1-martdan hozirgi vaqtgacha Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Faoliyati davomida 2 ta darslik, bir nechta uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar nashr ettirgan.