Ushbu kafedrada 2023-yil 8-sentabrdan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
1992- yil 2-oktabrda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ulgan.
Xafiza Ravshanova 9 yillik tajribaga ega, mahoratli pedagog sifatida viloyatda faoliyat olib borayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarini yangi metodikalarga o‘rgatish jarayonida samarali mehnat qilib kelmoqda. 2020 yil Maktabgacha ta’lim vazirligi tononida o‘tkazilgan “ Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” ko‘rik tanlovida ishtirok etib Samarqand viloyati miqyosida 1- o‘rinni egallagan. Respublika bosqichida ishtirok etib Maktabgacha ta’lim vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida hozirgi kunga qadar jami 10 ga yaqin ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar chop ettirgan. Jumladan, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 1ta uslubiy ko‘rsatma hamda respublikamizdagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi ro‘yxatiga kiritilgan va xorijiy (impakt faktorli) nufuzli ilmiy jurnallarda 8 ta ilmiy maqolalar, xalqaro va respublika konferensiyalari to‘plamlarida 7 ta tezis chop ettirgan.
Xalqaro ta’lim doirasidagi elektron o‘quv platformalarida o‘z kasbiy kompetentligini oshirishda 20 da ortiq kurslarda o‘qib sertifatlarga ega bo‘lgan.
Hozirda markazdagi o‘qituvchilik faoliyatiga yondosh holda, O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika institutida 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi, pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish maqsadida, “Malaka oshirish jarayonida pedagoglarning 4K ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasi (MTT mutaxassislari misolida)” mavzusida mustaqil ilmiy izlanishlar olib bormoqda.