Rustamova Navbahor Yaxshiboyevna

Ijtimoiy va amaliy fanlarni o’qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi

Ish faoliyati

     Navbaxor Yaxshiboyevna Rustamova 1987 yil 21 noyabrda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi G‘urjob qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan. 2005-yilda 37-umumtaʼlim maktabini tamomlagan. 2005-2009-yillarda Toshkent davlat madaniyat institutining Kutubxona va axborot tizimlarini boshqashrish fakultetida tahsil olgan. 2009-2011-yillarda mazkur  institutning Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik yo‘nalishida magistraturani tugatgan.

     2011 yildan 2017 yilgacha Samarqand san’at kolleji katta o’qituvchisi, 2022-2022-yildan Samarqand viloyat pedagog mahorat markazi o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 

     Hozirda pedagogika Pedagogika bo'yicha falsafa doktori (PhD) Zohidova S. ilmiy rahbarligida 13.00.09-“Ijtimoiy pedagogika” ixtisosligi bo‘yicha “Oilalarda  kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik tizimi” mavzusida PhD  darajasidagi ilmiy ish ustida ish olib bormoqda.

     Bugungi kunga qadar 15 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.

 

Powered by GSpeech