Paxtachi tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda 49-umumtaʼlim maktabini tamomlagan. 2007-2011 yillarda Samarqand davlat chet tillar institutining ingliz tili filologiyasi fakultetida tahsil olgan. 2012-2014 yillarda mazkur institutning magistratura bosqichida tehsil olgan.
2014-yildan hozirgi vaqtga qadar Samarqand viloyat pedagogik mahorat markazida Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Hozirgi kunda f.f.d., professor D.B.Urinbayeva rahbarligida “Inklyuziv ta’limda o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusida PhD ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Ilmiy faoliyatining asosiy yo‘nalishi – xorijiy tillar hamda inklyuziv ta’lim bo’lib, inklyuziv ta’lim yuzasidan 1 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta uslubiy qo‘llanma, kasbiy faoliyat yuzasidan 10 ga yaqin metodik ko ‘rsatmalar, respublika va xorij jurnallarida 20 dan ortiq ilmiy maqola, “Ma’rifat” gazetasida ham ommabop va publitsistik maqolalar, jami 200 dan ortiq ilmiy, uslubiy va ommabop ishlar nashr ettirgan, 10 dan ziyod xalqaro, 20 dan ziyod respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida maqola bilan ishtirok etgan.
2024-yil SCIENTIFIC ACADEMY” ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan tashkil etilgan tanlovda “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
2024-yil yakuni natijalariga ko‘ra “Yil tadqiqotchisi” nominatsiyasi g‘olibi.
Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvida hamda Samarqand radiosida chiqishlar qilgan.
Ilmiy izlanishlar yuzasidan 2025-yil davomida xalqaro grantlarda ishtirok etgan va Adliya Vazirligining “Ta’lim hamma uchun” nomli guvohnomasiga ega bo‘ldi hamd amualliflik huquqini qo‘lga kiritdi.
2025-yil Malayziya davlatining Utara University Malaysia Universitetida stajirovka o‘tab keldi.
2025-2026 o‘quv yili uchun KRK va KRS tadbirlari master treneri hisoblanadi.