SAYIPOVA DILAFRUZ RAHIMOVNA

TILLARNI O‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI MUDIRI, O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI O’QITUVCHISI

+998 93 722 76 69

Ish faoliyati

Sayipova Dilafruz Rahimovna 1975-yil 30-oktabrda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1992-yilda Kattaqo‘rg‘on tumani 25-umumta’lim maktabini tamomlagan. 1992-1997-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti o’zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.

D.Sayipovaning mehat faoliyati quyidagiardan iborat: 1996-1997 yy. Toshkent shahri Sirg‘ali tumanidagi 268-maktab o‘qituvchisi; 1997-2002 yy. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 25-o‘rta maktab o‘qituvchisi; 2002-2008 yy. Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi o‘qituvchisi; 2008-2019 yy. Samarqand huquqshunoslik kolleji ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi; 03.2019-08.2020 yy. Samarqand viloyati yuridik kolleji ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, “Тil o‘rgatish” kafedrasi mudiri; 01.11.2020-08.2021 yy. SamDU huzuridagi ixtisoslashgan maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi; 05.09.2021-04.09.2023 yy. SamDUKF Gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi; 04.09.2023-28.08.2025 yy. SamDUKF O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.

Mehnat faoliyati davomida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. “Thoughts on raising children in “Baburnoma” “Bobur – pok e’tiqod egasi”, “Boburnoma”da sarkardalikka xos sifatlar tasvirlari” “Бабур – знаток истории эпохи”, “Boburnoma”da saroy atollari tasviri”, “Boburnoma” – jahon nasridagi shoh asar”,  kabi ilmiy maqolalari respublika hamda xalqaro konferensiyalr to‘plamlarida, OAK tasarrufidagi hamda nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etilgan. Bulardan tashqari “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” o‘quv qo‘llanmasi, “Boburnoma”da tarixiy shaxslar tasviri va talqini” monografiyasi muallifidir.

Sayipova Dilafruz Rahimovnaning samarali mehnatlari munosib baholangan. Bir necha marta SamDUKF rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan rag‘batlantirilgan. 2024-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi K.Sharipov tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlangan. 2025-yil 29-avgustdan boshlab Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Powered by GSpeech