Tagayev Ganisher Xasanovich 1986-yil 30-yanvarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani O‘rikli mahallasida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 2006-2010-yillarda Samarqand davlat universitetining tarix fakultetida bakalavr, 2010-2012- yillarda O‘zbekiston tarixi kafedrasida magistratura bosqichida tahsil olgan. 2009- yilda talabalar o‘rtasida tarix fanidan o‘tkazilgan fan olimpiadasining Respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
2022-yil “Yoshlar estetik dunyoqarashini shakllantirishda etnografik omillarning o‘rni” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvafaqiyatli himoya qilib, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi. Tarix fani o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishi, tarix darslarida yangi metodikalarni joriy etib borish tajribalari asosida joriy etgan ilmiy-uslubiy materiallari tahliliga ko‘ra, 2024-yil “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini oldi. Mohir pedagog 2022-yil “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil” estalik nishoni bilan taqdirlangan.
Izlanuvchan pedagogning tarix fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirib borishga qaratilgan 15 dan ortiq uslubiy ko‘rsatma hamda 10 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etgan. Pedagogik faoliyati davomida 3 ta Respublika miqyosida onlayn vibinar, 10 dan ortiq viloyat miqyosida, 15 dan ortiq tuman miqyosidagi ilmiy-amaliy seminarlar, sifat ko‘rsatgichi past maktablarda 20 dan ortiq mahorat darslarini tashkil etgan.