Abdinazarova Xumora Abdilaziz qizi

Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi

Ish faoliyati

Abdinazarova Xumora Abdilaziz qizi 1997-yil 18-noyabrda Samarqand viloyati Urgut tumani Qulqishloq qishlog‘ida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 2013-yilda Samarqand shahar 7-umumta’lim maktabini tamomlagan. 2013-2016-yillarda Samarqand bank kollejini tugatgan. 2017-2021-yillarda Samarqand davlat universitetining Ijtimoiy ish yo‘nalishida tahsil olgan. 2023-2024-yillarda Samarqand viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “Tarix” fanidan dars berish huquqini beruvchi qayta tayyorlov kursini tamomlagan.

2021-2022-yillarda Samarqand viloyati Urgut tumati 37-umumta’lim maktabida “Yoshlar ittifoqi” yetakchisi lavozimida ishlagan. 2022-2023-yillarda mazkur maktabda Ma’naviy-ma’rifiy masalar bo’yicha targ‘ibotchi bo‘lib ish olib brogan.

2024-yilda Samarqand viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazining “O‘quv jarayonini tashkil etish” bo‘limida uslubchi lavozimida ishladi. 2025-yilda Samarqand viloyat Pedagogik mahorat markazi Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limida yetakchi mutaxassis lavozimida ishlab kelmoqda.

Powered by GSpeech