Doniyorov Ibrohim Eshquvvatovich 1967–yil 18-ortyabrda Samarqand viloyati Samarqand tumanida tug‘ilgan. 1994-yil Samarqand davlat Universiteti tarix fakulteti tamomlagan. 2005-yil O‘zbekiston Respublikasini IIV Arademiyasini tamomlagan.
1985-1988 yy.- Toyloq tumani “Davlatobod” j/x ishchisi,1985-1987yy. -Harbiy xizmatda, 1985-1994 yy. – Samarqand davlat Unversiteti talabasi (kechki) , 1988-1992yy. -Samarqand shahar “Xlopkamash” zavodi ishchisi, 1992-1993yy. -Toyloq tuman “Ravot” kichik korxonasi sex boshlig‘i, 1993-1996 yy. – Samarqand viloyati Toyloq tumani 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi, 1996-1996 yy. - Samarqand viloyati IIB o‘quv markazi tinglovchisi, 1996-1998 yy. – Payariq tumani IIB profilaktika bo‘linmasi voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspeksiyasining inspektori (katta inspektori lavozimi hisobidan ), 1998-2000 yy. - Toyloq tumani IIB profilaktika bo‘linmasi voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspeksiyasi boshlig‘I, 2000-2002 yy. - Toyloq tumani IIB profilaktika bo‘limi boshlig‘I, 2000-2005 yy. – O‘zbekiston Pesbublikasi IIV Akademiyasi tinglovchsi (sirtqi) , 2002-2007 yy. - Samarqand viloyati Toyloq tumani IIB Jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘linmasi katta tezkor vakili,2007-2010 yy. - Samarqand viloyati Toyloq tumani IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘linmasi boshlig‘i, 2010-2012 yy. – Samarqand viloyati Jinoyat qidiruv va terorizimga qarshi kurashish boshqarmasi fuqarolarning hayoti va salomatligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar bilan kurashish bo‘limi katta tezkor vakili, 2012-2014 yy. - Samarqand viloyati IIB Samarqand shahar 3-sonli IIB boshlig‘i, 2014-2016 yy.- Samarqand viloyati IIB Samarqand shahar 8-sonli IIB boshlig‘i, 2016-2018 yy.- Samarqand viloyati IIB Samarqand shahar 6-sonli IIB boshlig‘i 2018-2019 yy.- Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani IIB boshlig‘i, 2019- 2021yy. – Pensiyada. 2021-2022yy.-O‘zbekiston Resbublikasi Xalq ta’limi vazirining Nazorat-huquqiy xizmati bosh mutaxassisi,
2023-yil 13-maydan h.v.q Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi yuriskonsulti.
Hududiy markaz yuriskonsultining vazifalari quyidagilardan iborat:
Hududiy markaz yuridik xizmat xodimi yuriskonsulti xizmat faoliyati davomida bevosita hududiy markaz rahbariga bo‘ysunadi.
Yuridik xizmat xodimi yuristkonsult faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qarorlari va markaz faoliyatiga oid huquqiy hujjatlarni o‘zlashtirgan holda yuqoridagi qonun hujjatlarga asosan tashkil etadi.
Hududiy markazning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni tashkil etish.
Hududiy markaz tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish.
Hududiy markazning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiql ashtirish.
Hududiy markaz xodimlarinig huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini shu jumladan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish.
Hududiy markazning shartnomaviy huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, markazning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash.
Hududiy markaz rahbariyatiga taqdim etiladigan buyruqlar, farmoishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish.
Javobgarligi va o‘zaro o‘rin bosishi:
Yuridik xizmat xodimi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Topshirilgan vazifalarni belgilangan vaqtda bajarmagan hollarda intizomiy jazoga tortiladi.
Yuridik xizmat xodimini lavozimiga tayinlash va ozod qilish masalalari Adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Yuridik xizmat xodimi o‘z majburiyatlarini va funksiyalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Yuridik xizmat xodimi o‘zi viza qo‘ygan hujjatlarning va o‘zi bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi.