Kandaxarov Mirjalol Abdimurot o‘g‘li 1993-yil 10-yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida Yangikent mahallasida ishchi oilasida tug‘ilgan. 2012-yilda SamDU qoshidagi akademik litseyni tamomlagan. 2013-2017-yillarda Samarqand davlat universitetining Tarix fakultetida tahsil olgan.
2017-2019 yillarda mazkur universitetning O‘zbekiston tarixi yo‘nalishida magistratura bosqichini tamomlagan. Hozirgi vaxtda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.Usmonov ilmiy rahbarligida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Boʻlajak oʻqituvchilarning innovatsion faoliyatga nisbatan riskologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi” mavzusida PhD darajasidagi ilmiy ishini yakunlash arafasida.