Shahlo Kuziyevaning ko‘plab hikoyalari, publisistik maqolalari va she’rlari matbuot nashrlarida e’lon qilib kelinadi. “Quyoshimsan, oyimsan” (2006-yil.) va “Mustafo yaxshilik” (2009yil.), “Kuz haqiqatlari”(2023-yil.) nomli kitoblari chop etilgan. Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 1977 yilda tug‘ilgan Shahlo Kuziyeva O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida tahsil olgan. O‘tgan yillar davomida badiiy ijod bilan birgalikda jamiyatimizning turli tarmoqlarida samarali ishlab kelmoqda. Dastlab, mehnat faoliyatini 2000-2002 yillarda Oliy Xo‘jalik sudining «Xo‘jalik va huquq»-«Xozyaystvo i pravo» jurnalining viloyat muxbiri, Samarqand viloyat xo‘jalik sudi matbuot kotiblik lavozimidan boshladi. Shahlo Kuziyeva 2006-2010 yillarda Behbudiy nomidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining katta o‘qituvchisi, "Ziyokor" jurnali mas’ul kotibi bo‘ldi. 2012-2017 yillarda Samarqand shahridagi 13060-harbiy qismning klub boshlig‘i-kutubxona mudirasi bo‘lib xizmat qildi. 2019-2020 yillari Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashining matbuot kotibi bo‘lib faoliyat olib bordi. 2021 yildan tumandagi 12-, 34-umumta’lim maktablarida Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi bo‘lib faoliyat olib bordi.
Shahlo Kuziyeva ayni vaqtda viloyat Pedagogik mahorat markazida Matbuot kotibi lavozimida ham jamiyat rivojiga hissa qo‘shib kelmoqda.
2021 yil shoir Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi «Chinor yaproqlari» ijodkorlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan «Qalblar kuychisi» tanlovida ishtirok etib I-o‘rinni egallagani uchun diplom va ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. “Eng faol targ‘ibotchi” tanlovida ikki marta tuman bosqichida I-o‘rin va viloyat tanlovida II-o‘rinni egallagan. Shuningdek, boshqa tanlovlarda ham faol qatnashib ko‘plab faxriy yorliq va diplomlar bilan taqdirlangan. Bir qator bayoz va to‘plamlarda jumladan, “Sharq durdonalari”, “Iste’dod guldastasi”, “Qozoq-O‘zbek antologiyasi”, “Ayol saodati”, “Orzular guldastasi”, "Samarqand ziyosi" kabi kitoblarda uning ijod namunalari o‘rin olgan.
2024-yil Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazida “Yil e’tirofi-2024” tanlovida “Yil xodimi” e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Mehr kuychisi Shahlo Kuziyeva oilali ikki nafar farzandi va uch nafar nevarani mehribon onajonisi.