Matbuot kotibi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining buyruqlari va hududiy markaz nizomiga amal qiladi.
Matbuot kotibi hududiy markaz direktori rahbarligida faoliyat olib boradi.
Matbuot kotibi hududiy markaz faoliyatini ochiqlik, xolislik va tezkorlik tamoyillari asosida yoritadi hamda ommaviy axborot vositalari (OAV) bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Hududiy markazining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar, matbuot anjumanlari, brifinglar va media-turlar orqali markaz faoliyati haqida muntazam axborot berish.
Hududiy markazning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, jamoatchilik fikrini o‘rganish, so‘rovlar o‘tkazish va ularni tahlil qilish.
Axborot makonidagi tanqidiy yoki keng muhokama qilinayotgan mavzular haqida tezkor munosabat bildirish.
Markazning normativ-huquqiy hujjatlarining loyihalari va tasdiqlangan matnlarini rasmiy veb-saytida e’lon qilish.
Matnli, foto, audio va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.
Hududiy markaz tadbirlarini, jumladan, rahbariyat ishtirokidagi tadbirlarni yoritish.
Hududiy markaz faoliyatiga oid press-relizlar, xabarlar, sharhlar va boshqa axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash.
OAV va internet tarmog‘ida Hududiy markaz faoliyatiga doir axborotni tarqatish.
O‘z vazifalarini amalga oshirishda Agentlik va boshqa davlat organlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Hududiy markazning rasmiy veb-sayt faoliyatini nazorat qiladi va doimiy ravishda yangiliklarni berib boradi.
O‘z faoliyatini bajarish uchun markaz kafedralari va bo‘limlaridan zarur ma’lumotlarni so‘rab olish.
Pedagogika markazi yig‘ilishlari, majlislari, uchrashuv va boshqa tadbirlarida qatnashish. Kerak bo‘lganda Hududiy markaz direktorining roziligi bilan markazning boshqa xodimlarini o‘z faoliyatiga jalb etish.
Hududiy markazi nomidan davlat organlari, Respublika va xalqaro ahamiyatga ega tadbirlarda ishtirok etish.
O‘z vakolatlari doirasida bosma nashrlarni chop etish va tarqatish.
O‘z faoliyatini takomillashtirish va OAV bilan ishlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va markaz rahbariga kiritish.
Zimmasiga yuklatilgan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash.
OAV bilan ishlashda jurnalistik etika va muomala madaniyati doirasida faoliyat olib borish.
Axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Pedagogika markazi faoliyatini milliy va xorijiy OAVda xolisona, sifatli va tezkor yoritib borish.
Hududiy markaz matbuot kotibiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.