NARKULOV Ulug‘bek Mamadaliyevich

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limida ingliz tili fani metodisti

+998 90 657 87 97

Ish faoliyati

Narkulov Ulug‘bek Mamadaliyevich 1981-yil 2-may kuni Samarqand viloyati, Samarqand shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1996-yilda 63-umumta’lim maktabini tamomlagan. 2003–2024-yillarda Samarqand davlat chet tillari institutining “Ingliz tili filologiya” fakultetida tahsil olgan.

Pedagogik faoliyati davomida 15 yil davomida ingliz tili fani o‘qituvchisi, shuningdek, rus tili ta’limida olib boriladigan sinflarda ham dars bergan. 2019–2021-yillarda Samarqand shahar Xalq ta’limi bo‘limida ingliz tili fani metodisti, 2021–2023-yillarda esa shu bo‘limda olimpiadalarni tashkil etish bo‘yicha mutaxassis lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ko‘p yillik tajribaga ega ilg‘or pedagog sifatida ta’lim sifatini oshirishda munosib hissa qo‘shgan va 2025-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

2023-yil 17-iyuldan hozirgi kungacha Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limida ingliz tili fani metodisti lavozimida ishlab kelmoqda.

2024-yildan buyon Samarqand viloyatida o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish bo‘yicha komissiya a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda.

2025-yilning fevral va sentabr oylarida A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida ingliz tili o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kunlari va Kasbiy rivojlanish soatlari tadbirlarini tashkil etish” mavzusidagi o‘quv kurslarini tamomlab, Samarqand viloyatida master-trener sifatida faoliyat olib bormoqda.

Powered by GSpeech